Ronaldu yoki Messi?

«Bavariya» futbolchisi Tomas Myuller «Barselona»ga qarshi o’yin oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida Ronaldu va Messi o’rtasida tanlov qildi.

«Ronaldu yoki Messi? Men bu ikki hujumchini ham futbol afsonasi deb bilaman. Biroq ikkisi o’rtasida tanlov qilmoqchi bo’lsam, Ronalduni tanlagan bo’lar edim. Chunki Krishtianuning «Bavariya»ga qarshi o’yinlardagi statistikasi juda zo’r. Messi haqida esa bunday deya olmayman», degan Myuller.