Adliya vazirining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova mualliflik huquqini buzib qo’shiq kuylagan san’atkorlar reytingini (tovon puli miqdoriga ko’ra) e’lon qildi.
5-o’rin. Jaloliddin Ahmadaliyev.
U shoir Behzod Fazliddinga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to’plamiga kirgan “Balosiz – go’yoki g’amimni yeysiz” deb boshlanuvchi she’ridan muallifning ruxsatisiz foydalangan. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudning qaroriga ko’ra, xonanda J.Ahmadaliyevga jami 26 million so’m tovon pulini shoirga to’lab berish va “Ayyor do’stlarim” nomli qo’shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.
4-o’rin. Doston Ergashov.
U qo’shiqchi O’ktam Aliyevga tegishli «O’ylamadim» qo’shig’idan huquq egasining ruxsatisiz foydalangan. Uzoq muddatli kelishmovchiliklardan so’ng ushbu san’at vakillari o’zaro kelishuvga erishdilar. Kelishuvga muvofiq «O’ylamadim» qo’shig’ining muallifi O’ktam Aliyev xonanda Doston Ergashovga nisbatan 500 million so’m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan sudga kiritgan arizasini qaytarib oldi.
3-o’rin. Sanjay (Sanjar Javberdiyev). U shoir Usmon Azimga tegishli “Karvon” she’ridan noqonuniy foydalanganligi sababli shoir Usmon Azimga 90 million so’mdan ortiq tovon puli undirilishi haqida sudning qarori chiqqan.
2-o’rin. «Farhod va Shirin» juftligi.
Ular Shoir Bobur Bobomurodning she’riy asarlariga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi yuzasidan sud ishi ko’rilgan va shoir hisobiga 130 million so’m tovon puli undirish haqidagi sud qarori chiqqan.
1-o’rin. Yulduz Usmonova. U shoir Yo’lchi Ro’ziyev tegishli “Xasta bo’lma” she’rini huquq egasining ruxsatisiz noqonuniy foydalanilganligi sababli sudning qaroriga ko’ra da’vogar Yo’lchi Ro’ziyev foydasiga umumiy miqdorda 185 million so’m undirish belgilangan.