Ronaldu yangi klub izlashda davom etmoqda

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi klub izlashda davom etmoqda.

Xabarlarga ko’ra, Ronaldu Chempionlar ligasida o’ynaydigan jamoa qidirmoqda. Biroq portugaliyalik hujumchi “Real”ga qaytmasligi qayd etilgan. «Qirollik klubi» Ronalduning qaytishidan manfaatdor emas.

Eslatib o’tamiz, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha «Real»da o’ynagan, shundan so’ng «Yuventus»ga o’tgan va u yerda 2021 yilgacha o’ynagan. O’sha yili portugaliyalik hujumchi «Manchester Yunayted»ga o’tdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo’ljallangan. O’tgan mavsumda Ronaldu «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 38 ta o’yin o’tkazib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.