O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ilk bor o’tkazilgan CAFA turnirining barcha uchrashuvlarida g’alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi.
Chempionlik yo’lida o’zbekistonliklar Tojikiston (6:0), Turkmaniston (6:0), Qirg’iziston (7:0) va Eron (1:0) jamoalari ustidan g’alaba qozonishdi. E’tiborlisi, birorta ham to’p o’tkazib yuborishmadi.
Jamoa a’zosi Nilufar Qudratova turnir to’purari (5 ta gol) va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Izohlarni ko`rish