Ronaldu u bilan selfi tushmoqchi bo'lganlarni itarib yubordi

Portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin asabiylashgan ko’rinadi. Unga birinchi mavsumdayoq Saudiya Arabistoni futbol chempionatida g’alaba qozonish nasib qilmadi.

«An-Nasr» «Al-Xalij» bilan 1:1 hisobida durang o’ynab, raqibini yana mag’lub eta olmadi.

Final hushtagi yangraganidan so’ng Ronaldu asabiylasha boshladi. Futbolchi u bilan suratga tushmoqchi bo’lgan raqib jamoa xodimlariga qo’pol munosabatda bo’lib, ulardan birini itarib yuborgan.

«Al-Xalij» xodimlaridan biri Ronalduni quchoqlab, yo’lda u bilan selfi tushmoqchi bo’lgandi.