“Ota, ko'rinish bering endi!..”

Endi uyat bo’lmaydi. Chunki ko’p suvlar oqib ketdi… 1971 yilgacha Kamchatkada dengiz piyodalari qo’shinlarida harbiy xizmatda bo’lgan ekansiz, avval yigitlik burchingizni bajarib, keyin dengiz piyodalari bilim yurtida o’qigan ekansiz. Endi yigitchilik. O’shanda sho’xlik qilib qo’ygansiz-da. Buni qarangki, sizdan qiz farzand tug’ilibdi. Lekin siz uni bir marta ham ko’rmagansiz, Chunki dengiz piyodalari bilim yurti yaqinidagi gastronomda ishlaydigan qizning homilador bo’lib qolganini bilmagansiz-da… Ammo qizingiz sizning ismi-sharifingizni bilarkan: D. A. Ahmedov. Taxminan 1942 yil tug’ilgan deb yozadi qizingiz (hozir 81 yoshdasiz). Hatto u sizning 1969 yilda tushgan rasmingizni ham topibdi.

“Ota, ko'rinish bering endi!..”

Gaplariga qaraganda, 1971 yil Toshkentga kelgansiz va shu yerda qolgansiz!

“Ota, ko'rinish bering endi!..”Rasmdagi ayol sizning qizingiz!.. Agar uning hamma so’zlari rost bo’lsa.

Qizingizning ismi-sharifi Oksana Polenko ekan.