«Manchchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
As nashri ma’lumotlariga ko’ra, portugaliyalik ortiq «Manchester Yunayted» safida o’ynamoqchi emas, u jamoada sovrin qo’lga kiritish imkoniyati yo’q deb hisoblamoqda.
37 yoshli hujumchini «Bavariya» o’z safiga qo’shib olishi mumkin. Ushbu variant Robert Levandovski yozda klubni tark etsa, ko’rib chiqilishi aytilmoqda. Ronalduning atrofidagilar ham Myunxen jamoasining qiziqishlari haqida ma’lumotga ega.
Qayd etish kerak, Levandovski «Bavariya»ga jamoadan ketish niyatida ekanligini ma’lum qilgan, unga hozirda asosiy da’vogar «Barselona» bo’lib turibdi.
Avvalroq Krishtianuning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan jamoadagi kelajagi borasida gaplashib olgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu APLning 2021/22 yilgi mavsumi doirasida 30 o’yinda 18 ta golga mualliflik qildi.