Atmosferada birinchi marta super reaktiv kimyoviy birikmalarning mutlaqo yangi turi kashf etildi, bu, inson salomatligiga ham, global iqlim o’zgarishiga ham ta’sir qilishi mumkin. Kopengagen universiteti tadqiqotchilari havoda trioksidlarning rivojlanayotganini qayd etishdi-bu juda xavfli oksidlovchi kimyoviy birikma. Bu haqida Science Daily jurnalida maqola chop etildi.
Vodorod peroksid taniqli kimyoviy birikma. Barcha peroksidlar bir biriga bog’langan ikkita kislorod atomiga ega va tez raektivlashib, yonuvchan va portlovchi xususiyatga ega. Ular ko’p jarayonlarda, tish va sochlarni oqartirish, yaralarni yuvish hatto raketa yoqilg’isi sifatida ham foydalaniladi. Bu birikma havo tarkibida mavjud va u isbotlangan.
Olimlar havo tarkibida uchta kislorod atomlaridan iborat birikmalar bo’lsa kerak degan farazlarni doim oldinga surishardi. Ammo, bu xali ilmiy isbotlanmagan edi.
Bu birikma peroksidlarga qaraganda ancha reaktivroq. Qisqacha aytganda, bu birikma trioksid deb atalib, ularning havo tarkibida ma’lum miqdorda bo’lishi Kopengagen olimlari tomonidan tasdiqlandi. Bu modda faol oksidlanadi. Iqlim va inson salomatligiga ta’sir etadi. Yangi birikmada kuchli oksidlovchi moddalar borligi uchun hali oldinda turli ilmiy yangiliklardan boxabar bo’lamiz.