Bugun Messining tug'ilgan kuni

Argentinalik hujumchi Lionel Messi bugun o’zining tug’ilgan kunini nishonlamoqda. «PSJ» hujumchisi 35 yoshga to’ldi.

Messi o’tgan yozda 18 yil davomida o’ynagan Kataloniyaning «Barselona» klubini tark etib, «PSJ» klubiga tekinga o’tgandi. Parijliklar bilan birgalikda Lionel yakunlangan mavsumda Fransiya chempioniga aylandi. Parijliklar safida 34 ta o’yinda 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

«Barselona»da argentinalik futbolchi o’n marta Ispaniya chempioni bo’ldi va to’rt marta Chempionlar ligasida g’olib chiqdi.

Messi «Oltin to’p»ning yetti karra sohibi.