Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketishi mumkin

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deb yozmoqda «Daily Mail».

 

Manbaga ko’ra, hammasi yangi mavsumda bosh murabbiy kim bo’lishiga bog’liq, shundan kelib chiqib, Ronaldu jamoada qolish-qolmaslikni o’ylab ko’radi. Ta’kidlanishicha, Ronaldu nemis mutaxassisi Rangnikning doimiy asosda bosh murabbiy bo’lib qolishiga qarshi.

 

Eslatib o’tamiz, 2021 yil noyabr oyida «Manchester Yunayted» Ralf Rangnikni vaqtincha bosh murabbiylikka tayinlagandi. U mavsum oxiriga qadar jamoani boshqaradi.

 

Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida Krishtianu Ronaldu 16 o’yin o’tkazib, 8 gol, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. YeChL guruh bosqichida esa 5 o’yinda 6 ta gol kiritdi.