O’zbekiston milliy terma jamoasi 21 yanvar kuni Yaponiya bilan o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazishi rejalashtirilgan edi. O’zbekiston futbol assotsatsiyasi bergan xabarga ko’ra, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi mazkur uchrashuvni bekor qildi.
Ma’lum bo’lishicha ayni kunlarda Yaponiyadagi karantin choralari kuchaytirilayotgani sababli hukumat o’yinlarni bekor qilishni tavsiya qilgan.
«Ayni vaqtda O’FA mutaxassislari va O’zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazish borasida ish olib bormoqda, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, o’yin Tokiodagi «Saitama» stadionida bo’lib o’tishi rejalashtirilgandi.
Izohlarni ko`rish