Ronaldu eng yomon seriyalaridan birini qayd etmoqda

Krishtianu Ronalduning Premyer-ligadagi golsiz seriyasi davom etmoqda.

«Manchester Yunayted» hujumchisi APLda ketma-ket yettita o’yinda gol ura olmadi (o’tgan mavsumni ham qo’shib hisoblaganda).

Bu portugalning 2008/09 yilgi mavsumdan beri chempionatdagi eng yomon seriyasidir. O’shanda u «MYu»da Premyer-ligadagi to’qqizta o’yinda golsiz seriyani taqdim etgan.

Eslatib o’tamiz, joriy mavsum gol urolmagan 37 yoshli hujumchi yettita o’yindan atigi ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.