«Real»ning Mbappega qarab qolgan joyi yo'q.

«Real Madrid» katta transfer mavsumini o’tkazishi mumkin.

«Qirollik klubi» kelajakda faqat Kilian Mbappeni qo’lga kiritishga umid qilib qolmaydi, ayni damda boshqa o’yinchilar ustuvor.

Fichajes xabariga ko’ra, «Real Madrid» vinger Xvicha Kvarasxeliya, yarim himoyachi Jud Bellingem va vinger Joau Kanseluni sotib olishni ko’rib chiqmoqda, ularning umumiy qiymati 300 million yevro.

Transfermarkt portali Kvarasxeliyani 60 million yevroga, Bellingemni 110 million yevroga, Kanseluni 70 millionga baholamoqda.