«Sherdor» madrasasi Yaponiya o'quv qo'llanmasi muqovasidan joy oldi

Yaponiya umumta’lim maktablari o’quvchilariga mo’ljallangan «Jahon tarixi» fani o’quv qo’llanmasining muqovasi «Sherdor» madrasasi surati bilan bezatildi.

Mazkur o’quv qo’llanma Yaponiyaning yirik «Yamakawa Shuppansha Ltd.» noshirlik-uyi tomonidan chop etildi. Undan joriy yilning aprel oyidan boshlanadigan yangi o’quv yilida tarix fanidan qo’llanma sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, kitobdan 9-12 sinf o’quvchilariga mo’ljallangan.

Ma’lumot uchun, «Sherdor» madrasasi Samarqandning jahonga mashhur «Registon» maydonida joylashgan.