«Real» Mbappe uchun yana bir bor harakat qilib ko'radi

Madridning “Real” klubi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashmoqchi, deya xabar beradi The Telegraph.

Manbaga ko’ra, Madrid klubi Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni qo’lga kiritishga urinishda to’xtamaydi va shuningdek Mbappeni uchun ham bor kuchini ishga soladi.

Qayd etilishicha, «Real Madrid» oxir-oqibat Yevropa arenasida gegemonga aylana oladigan yosh jamoa tuzmoqchi. Shu bilan birga, «PSJ» Mbappeni sotish niyatida emas, chunki ular hujumchini ko’p yillar davomida asosiy yetakchi sifatida ko’rmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi «PSJ» safida barcha turnirlar doirasida 39 ta o’yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining parijliklar klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.