Evropa megalitik madaniyat yo’nalishi – Yevropa Kengashining madaniy tarmoqlaridan biri bo’lib, u betakror tabiat va o’ziga xos manzillarni mujassam etgan, miloddan avvalgi tosh majmualar – yodgorliklar, maqbaralar, qadimgi jamoalar tomonidan insho etilgan ziyoratgohlarni ko’rish imkonini beradi hamda qadim o’tmishning g’ayrioddiy izlarini o’zida aks ettiradi.
Turkiyaning mashhur tarixiy markazi Go’beklitepa ushbu madaniy yo’l tarmog’iga yangi ishtirokchi sifatida ro’yxatga olindi. 1990 yillarda topilgan va qazish ishlari uzluksiz davom etadigan Go’beklitepa manzilgohi, dunyoda eng muhim va eng ko’p muhokama qilinadigan arxeologik yodgorliklardan biri sifatida ajralib turadi. Chunki u neolit davriga tegishli bo’lib, kulolchilik, metallurgiya, yozuv, g’ildiraklar, qishloq xo’jaligidan oldingi davrni ko’z o’ngimizda jonlantirishi bilan barchani birdek hayratga soladi.
Go’beklitepa, Shanliurfa shahar markazidan 20 km shimoli-sharqda joylashgan hududda yoki uning yaqinida hech qanday aholi punkti bo’lmagani uchun o’troq hayotiga doir mavjud nazariyalar va adabiyotlarni shubha ostiga qo’ygan haqiqatdir…12.000 yil davomida ovchi-yig’uvchilar tomonidan insho etilgan haykallar, T shaklidagi ustunlar, relyeflar, totemlar va boshqa ko’plab tosh o’ymakorligi namunalari mavjud bo’lgan turli xonalardan iborat muqaddas markazdir.
So’nggi paytlarda olib borilgan izlanishlar nuqtai nazaridan, mintaqada xuddi shu davrga oid o’xshash manzilgohlarning mavjudligi ushbu noyob madaniy merosning bebaho qadriyatini yanada boyitishi ma’lum bo’ldi.