«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelottida virus aniqlandi

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelottida koronavirus aniqlandi. Bu haqida Madrid jamoasi matbuot xizmatiga tayanib Daryo.uz ma’lum qildi.

62 yoshli mutaxassis La Liganing 30-turidan o’rin olgan «Selta»ga qarshi o’yinni o’tkazib yuboradi. 6 aprel kuni bo’lib o’tishi mo’ljallangan Chempionlar Ligasining chorak finalidan o’rin olgan «Chelsi»ga qarshi bahsda ishtirok etishi so’roq ostida.

Avvalroq, Madrid jamoasi La Ligada chempionlikni qo’ldan chiqarsa, Karlo Anchelotti iste’foga chiqarilishi xabar qilingandi.