Uni jamoadoshlari qarsaklar bilan kutib olishdi.
Anssumane Fati jarohatidan forig’ bo’lib, «Barselona» safiga qaytdi.
19 yoshli futbolchi tibbiy ko’rikdan muvaffaqiyatli o’tdi va operatsiyadan keyin jamoa bilan ilk mashg’ulotini o’tkazdi. Klub matbuot xizmatining yozishicha, jamoadoshlari Fatini qarsaklar bilan kutib oldi.
Ispaniyalik Vinger 24 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarshi bahsda o’ynashi kutilmoqda. Fati oxirgi marta 20 yanvar kuni maydonga tushgan, shundan beri u son qismidagi jarohatidan tiklanayotgandi.
Avvalroq, «Real» Marko Asencioni sotishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.
Izohlarni ko`rish