Anchelotti «Chelsi»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Evropa Chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida «Real» va «Chelsi» jamoalari o’zaro bahs olib boradi.

Madridliklarda mazkur bahs oldidan jiddiy yo’qotish yuzaga keldi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko’ra, bosh murabbiy Karlo Anchelotti koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.

«El Chiringuito TV» italiyalik mutaxassisning londonliklarga qarshi bahsni o’tkazib yuborishini taxmin qilmoqda. Shuningdek, Karlo 2 aprel kuni bo’lib o’tadigan La Liga doirasidagi «Selta» bilan o’yinda ham jamoa bilan bo’lmaydi.

«Qirollik klubi» Anchelotti qo’l ostida joriy mavsum ichki chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Superkubokda bosh sovringa ega chiqdi.