PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Neymar va klubning yangi sport direktori Luis Kampush haqida gapirdi.
– Kampush klubga nima berishi mumkin?
– Bu bozordagi boshqa vazifalardan farq qiladigan aniq maqsadga ega. Klub timsoli uchun maydonda o’lishga ham tayyor bo’lgan g’olib ruhiyatiga ega yosh iqtidorli, g’ayratli futbolchilarni topish uning vazifasi.
Biz bir jamoa bo’lib kuchliroq bo’lishni istaymiz, shunda futbolchilar bir jamoa bo’lib bir-birlari uchun o’ynashadi va eng muhimi klub degan g’oya bilan.
– Neymar yangi loyihaning bir qismimi?
Biz matbuotda bunday mavzularni muhokama qila olmaymiz. Kimdir keladi, kimdir ketadi, bu oshkor etilmaydigan muzokaralar masalasi”, – dedi Nosir Al-Xelayfiy.
Izohlarni ko`rish