Turkiyaning «Galatasaroy» klubi hujum chizig’ini kuchaytirish maqsadida futbolchi qidirmoqda. Jamoa yangi bosh murabbiyi O’kan Buruk o’z e’tiborini o’zbekistonlik forvard Eldor Shomurodovga qaratdi. Bu haqda Turkiyaning «Hurriet» nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko’ra, istanbulliklar «Roma» futbolchisini ijaraga olishga urinib ko’rishadi.
«Galatasaroy» Turkiya chempionatining o’tgan mavsumida 13-pog’onani egallab, yevrokuboklardan chetda qoldi.
Eslatib o’tamiz, «Roma» o’tgan yilning yozida Eldorni 18 million yevro evaziga «Jenoa»dan sotib olgandi. U yakunlangan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 40ta o’yinda ishtirok etib, 5 gol va 6 assist muallifiga aylandi.
Izohlarni ko`rish