Ko’pchilik do’sti yoki yaqinining maslahatiga amal qilib, hayotida kamida bir marta yallig’langan husnbuzarga tish pastasini qo’llab ko’rgan. Tabiiyki, ularda tish pastasi yallig’lanishni kamaytirib, husnbuzarning bilinmasligiga yordam beradi, degan qarash mavjud. Xo’sh, ushbu an’anaviy usul haqiqatan ham o’z tasdig’ini topganmi?
Tish pastasidagi ba’zi moddalar haqiqatan ham yallig’lanishning qurishiga yordam beradi. Ushbu vosita bakteriyalarni o’ldiradi va mahsulot tarkibidagi mentol og’riqni vaqtincha qoldiruvchi yengil tortishish hissini keltirib chiqaradi. Biroq tish pastasi afzalliklarga qaraganda ko’proq kamchiliklarga ega, shuning uchun mutaxassislar uni yuzning terisiga qo’llashni tavsiya etmaydi.
Tish pastasi teri uchun mo’ljallanmagan — u qichishtirish xususiyati va yoqimsiz achishish hissini keltirib chiqaradi. Ushbu mahsulot yuzning yallig’langan joylari uchun o’ta kuchli vosita bo’lib, terini haddan tashqari quritib yuboradi, bu esa keyinchalik yanada ko’proq husnbuzar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar esa husnbuzarlarni bartaraf etish uchun maxsus vositalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Agar terida jiddiy muammolar bo’lsa, har qanday maslahatlarga quloq tutib, vaziyatni og’irlashtirmasdan avval mutaxassisdan yordam so’ragan ma’qul.