Futbolchining “Chelsi” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi.
“PSJ” “Chelsi” yarim himoyachisi N’Golo Kante atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. “The Times” nashrining xabariga ko’ra, londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbolchining kelajagi haqida aniq qarorga kelmagan. Shu sababli Parij klubi futbolchiga qiziqish bildirgan.
Kantening “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida tugaydi. Futbolchi yanvar oyidan boshlab yangi klub bilan muzokaralar olib borishi mumkin. 31 yoshli Kante 2016 yilda buyon “Chelsi”ga “Lester Siti”dan kelib qo’shilgandi.
Transfermarkt portali xabariga ko’ra, fransiyalik yarim himoyachining hozirgi transfer narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.
Izohlarni ko`rish