Bugun MDH davlatlari futbol faxriylari o'yini bo'lib o'tadi

O’yin Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida o’tkaziladi. Uchrashuvga soat 20:00da start beriladi, undan avval soat 18:00da konsert dasturi bo’lib o’tadi.

O’rtoqlik uchrashuvi Qirg’iziston mustaqilligining 31 yilligiga to’g’ri keldi. Unda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Qirg’iziston terma jamoasi tarkibida maydonga tushadi.

Shuningdek, maydonda O’zbekiston futbol faxriylari ham to’p suradi.