Pike yangi qallig'i 20 yoshli qiz

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike xotini Shakira bilan ajrashgach, shaxsiy hayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni qattiq sir saqlashga urinmoqda. Shu kunlarda odamlar futbolchini 20 yoshli qiz bilan ko’rishgan. Hozircha uning shaxsi aniq emas.

Pike esa u bilan shartnoma imzolagani haqida xabar tarqaldi. Kelishuvga ko’ra, qiz futbolchining shaxsiy hayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni sir saqlashi va bu haqda matbuotga lom-mim demasligi lozim. Bu haqda jurnalist Marko Kyassa xabar tarqatdi.

Ispaniyalik o’yinchi so’nggi paytlarda o’zi haqida matbuotda tarqalayotgan xabarlardan xavotirga tushib qolgan va o’zini yomon his qilmoqda. Shu bois, u matbuotdan va ijtimoiy tarmoqlardan o’zini olib qochmoqda.