Italiyaning «Roma» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o’tgan mavsumda Konferensiyalar ligasida eng tezkor o’yinchi deb topilgan.
Gap shundaki, liga rasmiy sayti musobaqaning eng tez futbolchilari ro’yxatini tuzib chiqqan. Shomurodov soatiga 33,6 km. ko’rsatkich bilan birinchi o’rinni olgan.
U «Feyenoord»ning 3 futbolchisi: Dessers, Sinisterra va Malasiyani ortda qoldirgan. 5-o’rinni rimliklar himoyachisi Kris Smolling egallagan.
Izohlarni ko`rish