Pekin-2022 qishki Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston sharafini himoya qilayotgan Komiljon To’xtayev slalom yo’nalishida musobaqadan chetlashtirildi.
Hakamlar o’zbekistonlik tog’ chang’ichining slalom dasturidagi chiqishini yo’l qo’yilgan xato sabab hisobga olishmadi. Ma’lumki, sportchilar trassa bo’ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o’tishlari lozim.
“Hamyurtimiz marra chizig’iga yaqin joylashgan darvozadan o’tishda xatoga yo’l qo’ydi va buning natijasida musobaqadan chetlashtirildi. Shu bilan sportchimizning Pekin-2022 dagi ishtiroki erta yakunlandi”, – deyiladi Milliy olimpiya qo’mitasi xabarida.
Eslatib o’tamiz, Komiljon To’xtayev 13 fevral kuni gigant slalom yo’nalishida 29-o’rinni egallagan edi.
Izohlarni ko`rish