Krishtianu Ronalduga Rimning «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduga Rimning «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda.

The Sun nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, ushbu bitimni amalga oshishini Joze Mourinoning shaxsan o’zi xohlamoqda.

Avvalroq Ronaldu A Seriyada «Yuventus» tarkibida to’p surishga ulgurgan.

Portugaliyalik futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.