Qiziqarli va oxiriga qadar intriga saqlanib qolgan chempionatning so’nggi turida Toshkentning «Paxtakor» jamoasi boshqa bir poytaxt klubi «Bunyodkor»ni 2:0 hisobida mag’lub etib, 54 ochko bilan O’zbekiston Superligasining 15 karra chempioniga aylandi.
Superligada Namangan viloyatining «Navbahor» jamoasi 53 ochko bilan kumush va Qashqadaryoning «Nasaf» klubi 49 ochko bilan bronza medallarini qo’lga kiritdi.
Klubda chempionliklar soni 15 taga yetdi. Endi «Paxtakor» logotipidagi yulduzlari soni 3 ta bo’ladi.
Izohlarni ko`rish