Bugun, 12 noyabr kuni Iordaniyada boks bo’yicha kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionati final bahslari davom ettirilmoqda.
Dastlabki final bahsida -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do’smatov qozog’istonlik raqibi Saken Bibosinovdan 4:1 hisobida ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi.
Qayd etish joiz, Hasanboy qozog’istonlik ushbu raqibiga 2021 yilgi jahon chempionatida mag’lubiyatga uchragan edi va bugun o’ziga xos revansh qayd etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Shu tariqa, Do’smatov faoliyati davomida uchinchi marta qit’a chempionligini qo’lga kiritdi. U Bangkok-2015 va Toshkent-2017 Osiyo chempionatida ham -49 kg vazn toifasida g’oliblikni qo’lga kiritgandi.
Bugun, shuningdek 6 nafar bokschimiz finalda ringga ko’tariladi:
-57 kg: Abdumalik Xalakov – Serik Temirjanov (Qozog’iston) (15:40 dan so’ng)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Shiva Tapa (Hindiston) (16:10 dan so’ng)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov – Nurkanat Rayis (Qozog’iston) (16:55 dan so’ng)
-80 kg: Odiljon Aslonov – Huseyn Iashish (Iordaniya) (17:10 dan so’ng)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Aybek Oralbay (Qozog’iston) (17:40 dan so’ng)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov – Kamshibek Konkabayev (Qozog’iston) (17:55 dan so’ng).