O'zbekiston dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi JChda umumjamoa hisobida 4-o'rinni egalladi

Bosniya va Gersegovinada bo’lib o’tgan jahon chempionatining yakkalik bahslarida O’zbekiston jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi.

Musobaqalarning so’nggi kunida Barchinoy Qodirova (-70 kg) finalda italiyalik raqibasini taslim etib, oltin medalni qo’lga kiritdi.

Shohsupaga ko’tarilgan o’zbekistonlik dzyudochilar:

Kumush

➖Abbos Shermahmatov (-90 kg)
➖Alisher Samanov (-81 kg)
➖Shohjahon Otaboyev (-66 kg)
➖So’g’diyona Rafkatova (-52 kg)

Bronza

➖Umidaxon Burxonjonova esa (-44 kg)
➖Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg),
➖Samariddin Muhbiddinov (-73 kg)

24-28 avgust kunlari bo’lib o’tgan jahon chempionatida 60 ta mamlakatdan bo’lgan 400 nafardan ziyod dzyudochilar medal uchun kurash olib borishdi.