Mo’g’ulistonning O’tuken hududidan Kultegin va Bilga Xoqonlarning otasi, Go’kturk II davlatining asoschisi Ilterish Qutlug’ Xoqonga tegishli bitik topildi.
Bitikda «Tangri», «Turk», «Qutlug’», «Tuman» yozuvlari mavjud. Ushbu topilma bilan ilk marotaba «Turk» nomi tilga olingan deb taxmin qilingan O’rxun yodgorliklaridan ham eski turk yodgorligi topildi.
Xalqaro Turkiy Akademiya va Mo’g’uliston Arxeologiya Instituti, Mo’g’ulistonning O’tuken viloyatidagi Nomgon tekisligida topilgan yozuvlarning Ikkinchi Go’kturk davlatining asoschisi, Kultekin va Bilga Xoqonning otasi Ilterish Qutlug’ Xoqonga tegishli ekanligini ma’lum qildi.
QO’RG’ONDAGI XAZINA
Xalqaro Turkiy Akademiya va Mo’g’uliston arxeologiya instituti olimlari Nomgon tekisligida 2016 yilda tadqiqot ishlarini boshlagan. Viloyat Ikkinchi Go’kturk davlatining asoschisi Ilterish Qutlug’ Xoqonning barcha turk qabilalarini to’plagan joy ekanligiga ishonilgan. Dastlab, 19 turk qabilasining tamg’alari o’yib yozilgan bitik toshi topildi. Shundan so’ng, ko’p miqdorda haykalchalar va qo’lida qadah tutgan turk afandilariga xos haykal topildi. Pandemiya tufayli to’xtab qolgan va 2022 yil iyul oyida qayta boshlangan qidiruv ishlarida, taxminan, 250 kvadrat metrlik chuqurlikda qazish ishlari olib borilgach, ulkan majmua topildi.
TO’RT SO’ZNI O’QIShGA ERIShILDI
Majmuada ibodatxona ekani aniqlangan hududda ikki tomonida turkiy, bir tomonida so’g’d yozuvi bo’lgan tosh va toshbaqa shaklidagi poydevori topildi. Olimlar tosh ustidagi matndan «Xudo», «Turk», «Qutlug’», «Tuman» kabi bir qancha so’zlarni aniqladilar. Bitiktosh Go’kturk II xonligini qayta tiklagan Kultegin va Bilga xoqonning otasi Ilterish Qutlug’ xoqon nomiga o’rnatilgan degan xulosaga keldi. Ushbu topilma bilan birinchi marta «Turk» nomi tilga olingan deb taxmin qilingan O’rxun yodgorliklaridan ham eski turk yodgorligi topildi.
YuNESKOGA TATBIQ ETILADI
Turk Akademiyasi Rahbari Darhan Kidirali ikki tomonida 12 satr eski turk yozuvi, uchinchi tomonida esa qadimgi so’g’d yozuvi bo’lgan yodgorlikda «Tangri», «Turk», «Qutlug’» va «Tuman» so’zlarini o’qiganliklarini bildirdi.
Kidirali: “O’rxun bitiklari juda muhim, lekin bu bitik ham katta ahamiyatga ega. Bu bizning yozuv tariximizni yanada uzoqqa olib boradi. Qolaversa, turk so’zi ilk bor turk olimlari tomonidan kashf etilgan. Biz buni (kashfiyotni) akademiyamizga a’zo mamlakatlarda ilmiy targ’ib qilamiz. Uni YuNESKOda ham tatbiq etishni rejalashtirganmiz. Bu barchamizning tariximizga mazmun olib keluvchi umumiy va qimmatli ixtirodir”, – deydi, «Hurriyat» gazetasiga bergan intervyusida.