O’tkirbek To’raboyev Yevropa ochiq chempionatida g’alaba qozondi
Chexiya poytaxti Pragada dzyudo bo’yicha Yevropa ochiq chempionati o’z yakuniga yetdi.
Unda eng og’ir vazn toifasida ishtirok etgan o’zbekistonlik dzyudochi O’tkirbek To’raboyev oltin medalni qo’lga kiritdi.
To’raboyev saralash bosqichida Mo’g’uliston, Italiya, Ruminiya vakillarini, yarim final va finalda germaniyalik ikki taniqli dzyudochilarni mag’lub etishni uddaladi.
Izohlarni ko`rish