Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan va Portugaliya payshanba kuni Turkiyani mag’lub etib, birinchi qadamni qo’ydi. Ronaldu gol ura olmaganiga qaramay, uchrashuvdagi bu natijadan mamnun. U Portugaliyani Shimoliy Makedoniya termasi bilan to’qnash keladigan finalga olib chiqqan o’yin natijasiga izoh berdi.
«Bu yakuniy g’alaba bo’lmasa-da, maqsad sari birinchi qadam, u allaqachon qo’yilgan. Biz ishlashda davom etishimiz va raqibga jiddiy qarashimiz, shu bilan birga o’zimizga ishonishimiz kerak. Biz Qatarga ketyapmiz. Portugaliya!» – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.
Izohlarni ko`rish