«PSJ» darvozaboni Keylor Navas Parijdagi uyida 30 nafar ukrainalik qochqinni qabul qildi, deb xabar beradi Sport.es. Buning uchun futbolchi uy teatrida uxlash joylari tashkil qilgan, rafiqasi esa mehmonlar uchun taom tayyorlab, ular bilan birga ibodat qilmoqda.
24 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyasi boshlangani munosabati bilan mamlakatda harbiy holat joriy etilishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun: «PSJ» Liga 1ning 29-turidan so’ng 65 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o’rinda bormoqda. Jamoa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida «Real»ga yutqazib qo’ydi.
Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya futbol ittifoqining (RFU) Yevro-2028 yoki Yevro-2032 mezbonligi uchun ariza berish istagiga munosabat bildirgan edi. Britaniyalik siyosatchi qit’a chempionati Ukrainada o’tkazilishi kerak, deb hisoblab, qarshi bayonot bergan.