Rassom Endi Uorxol tomonidan chizilgan Merilin Monro portreti 2022 yil may oyida Christie’s auksionida sotiladi. Boshlang’ich narxi 200 million dollar. Bu auksionga qo’yilgan XX asr san’at asarlari uchun rekord narx hisoblanadi.
Auksion matbuot xizmatining aytishicha, gap Shot Sage Blue Merilin nomli aktrisaning portreti haqida ketmoqda. Rasmda Merilin Monro ochiq firuza rang fonda tasvirlangan.
Rasm Uorxol tomonidan 1964 yilda, ya’ni aktrisaning o’limidan ikki yil o’tgach chizilgan. U 1953 yilda suratga olingan «Niagaral» filmidagi kadrga asoslangan edi.
«Asar Amerika san’atining durdonalaridan biri hisoblanadi va mashhur rassom ijodida asosiy o’rin tutadi», — deb ta’kidlaydi Christie’s’ning Amerika bo’limi rahbari Mark Porter.
Bolalarga yordam beruvchi Tomas va Dorris Amman xayriya fondi portretni auksionga qo’yishga qaror qildi. Lotni sotishdan tushgan barcha mablag’lar fond loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.