Osiyo Chempionlar ligasining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi

siyo Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o’rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

Shu tariqa, yarim finalga ikki mamlakatning to’rt jamoasi yo’llanma oldi. Jumladan, Janubiy Koreya klublari – “Ulsan” va “Poxang”, Saudiya Arabistonidan – “Al-Hilol” hamda “Al-Nassr” yo’llanma olgan.

Yarim finalda “Ulsan” – “Poxang” o’zaro to’qnash kelishsa, ikkinchi yarim final bahsida “Al-Nassr” – “Al-Hilol” bahsi bo’lib o’tadi.

Ma’lumot uchun, “Al-Nassr” safida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to’p surmoqda. Yarim final uchrashuvlari 19-20 oktyabr kunlari bo’lib o’tadi.

darakchi.uz