Futbol bo’yicha Italiya A Seriyasining 8-turida «Yuventus» va «Roma» jamoalari bahs olib borishdi.

 

«Roma» ustozi Joze Mourino bu safar ham Eldorni zaxirada olib qoldi.

 

Uchrashuvning 16-daqiqasida turinliklar hisobni ochdi. Birinchi oxirida rimliklar futbolchisi Jordan Veretu penaltidan foydalana olmadi.

 

Eldor Shomurodov uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi, ammo o’yinda burilish yasay olmadi.

 

«Yuventus» — «Roma» 1:0

 

Gol: 1:0 – 16 Kin.

 

«Yuventus»: Shchensni, Danilo, Kyellini, Bonuchchi, De Shilo, Aleks Sandro, Kuadrado, Lokatelli, Bentankur, Kin (Morata, 71), Kyeza (Kulusevski, 71), Bernardeski (Artur, 76).

 

«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Shomurodov, 81), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (ash-Shaaravi, 26), Abraham.

 

Ogohlantirishlar: Shchensni (41), Abraham (45), De Shilo (49), ash-Shaaravi (70), Shomurodov (85), Danilo (87), Manchini (89), Karsdorp (90+3).