“Barselona” Pogbaning transferidan voz kechgani sababi ochiqlandi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning “Barselona”ga o’tmasligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi moliyaviy muammolar tufayli Pogbani o’z tarkibiga qo’sha olmaydi. Shuningdek, fransiyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted” safida yiliga 17 million yevro atrofida maosh oladi.

“Barselona” esa buni to’la olmasligi, uning agenti so’rayotgan komissiya pulini ham to’lashga qurbi yetmasligini ma’lum qilgan. Ma’lumot uchun, Pogba bu mavsumda APLda 8ta o’yinda 7ta golli uzatmani amalga oshirgan.

sport.es