“Oltin to'p” uchun ro'yxat yangilandi

Goal portali 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisiga davogarlar ro’yxatini yangiladi.

Unda haliyam “Real” hujumchisi Karim Benzema yetakchilik qilmoqda. Muhammad Saloh 2-o’rinda bo’lsa, Sadio Mane Robert Levandovskini o’rnini egallab, kuchli uchlikka yakun yasamoqda.

“Oltin to’p”ning ko’p karra g’oliblari Lionel Messi (PSJ) va Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”)ga esa top-20 ro’yxatidan joy tegmagan.

Kuchli o’nlik quyidagi ko’rinishda:

1. Karim Benzema – «Real Madrid»;

2. Muhammad Saloh – «Liverpul»;

3. Sado Mane – «Liverpul»

4. Robert Levandovski – «Bavariya»;

5. Kilian Mbappe – PSJ;

6. Vinisius Junior – «Real Madrid»;

7. Luka Modrich – «Real Madrid»;

8. Kevin de Bryuyne – «Manchester Siti»;

9. Filip Foden – «Manchester Siti»;

10. Trent Aleksander-Arnold – «Liverpul».