Iraklion shahrida o’tkazilayotgan yoshlar o’rtasidagi dunyo birinchiligida yigitlar o’rtasida -102 kg vazn toifasidagi bahslar hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinovning g’alabasi bilan yakunlandi.
Polvonimiz dast ko’tarish mashqida 168 kg natija bilan kumush medalni qo’lga kiritdi. Siltab ko’tarish mashqida esa 204 kg oltin medalni naqd qildi. E’tiborlisi, har ikki mashq yakunida 372 kg natija qayd etgan polvonimiz chempionlikni tantana qildi.
Og’ir atletika bo’yicha U-20 JCh
Yigitlar -102 kg:
1. Sharofiddin Amriddinov (O’zbekiston) – 372 (168+204) kg
2. Petros Petrosyan (Armaniston) – 363 (161+202) kg
3. Muhammad Hamada (Falastin) – 361 (168+193) kg
Qayd etish joiz, ushbu vazn Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo’rayev ishtirok etadigan toifaga juda yaqin. Yosh o’g’lonimizning ushbu g’alabasi og’ir vazn toifasida yana bir o’zbek yigitining katta sahnaga chiqayotgani, Nurudinov va Jo’rayevga munosib o’rindosh yetishib chiqayotganidan dalolat beradi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ushbu oltin medal bilan O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi, sportchimiz va uning murabbiyini tabriklab, bir ozdan so’ng ishtirok etadigan Tursunoy Jabborovaga ham chiroyli g’alabalar tilab qoladi.