«Oltin to'p»ga da'vogarlarning yangi ro'yxati bilan tanishing

Goal nashri o’z talqiniga ko’ra 30 may kuni «Oltin to’p» uchun nomzod futbolchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Bu safar reytingning yuqori beshligida hech qanday o’zgarish bo’lmadi. Reytingning eng yuqori pog’onasini Karim Benzema («Real Madrid») egallab turibdi. Kuchli uchlikka «Liverpul» hujumchilari Sadio Mane va Muhammad Saloh kirishgan. «Bavariya» futbolchisi Robert Levandovski to’rtinchi pog’onani egallab turgan bo’lsa, Kilian Mbappe kuchli beshinchi pog’onani band etgan. Shabhasiz, Benzema YeChLdagi g’oliblikdan so’ng o’z o’rnini yanada mustahkamladi.

«Real» futbolchisi Vinisius Junior va Luka Modrich Chempionlar ligasidagi g’alabadan so’ng «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni quvib o’tgan holda, 6 va 7-pog’onalarga ko’tarilishdi.

EChL finali qahramoni Tibo Kurtua esa birdaniga 5 pog’ona yuqoriga sakrab, 9-o’ringa joylashib oldi. Shu tariqa, top-10dan «Madrid»ning birdaniga 4 nafar futbolchisi o’rin olishdi.

Shuningdek, «Leypsig» Germaniya kubogini qo’lga kiritgach, jamoa hujumchisi Kristofer Nkunku 15-qatordan 13-o’ringa ko’tarildi.

Top-20lik bilan tanishing:

1 (1). Karim Benzema — «Real Madrid»
2 (2). Sadio Mane — «Liverpul»
3 (3). Muhammad Saloh — «Liverpul»
4 (4). Robert Levandovski — «Bavariya»
5 (5). Kilian Mbappe — «PSJ»
6 (7). Vinisius Junior — «Real Madrid»
7 (8). Luka Modrich — «Real Madrid»
8 (6). Kevin de Bryuyne— «Manchester Siti»
9 (14). Tibo Kurtua — «Real Madrid»
10 (9). Fil Foden— «Manchester Siti»
11 (10). Trent Aleksander-Arnold — «Liverpul».
12 (11). Bernardu Silva — «Manchester Siti»
13 (15). Kristofer Nkunku — «Leypsig»
14 (12). Luis Dias — «Liverpul»
15 (13). Tiago Alkantara — «Liverpul»
16 (16). Virjil van Deyk — «Liverpul»
17 (17). Son Xyong Min — «Tottenxem»
18 (18). Rodri — «Manchester Siti»
19 (19). Riyod Mahrez — «Manchester Siti»
20 (20). Rafael Leau — «Milan»

Izoh: qavs ichida reytingdagi avvalgi o’rni berilgan.