Turkiyada taxminan 40 000 ta g’or mavjud bo’lib, ular g’orga sayyohat qilishni sevuvchilar uchun jannatning o’zginasi hisoblanadi.
G’orlar asosan G’arbiy va Markaziy Toros tog’larida (Mug’la, Antaliya, Isparta, Burdur, Konya, Karaman, Ichel va Adana) joylashgan bo’lib, bu g’orlarning 1100 tasi olim va mutaxassislar tomonidan to’liq o’rganib chiqilgan.
Turkiyaning eng uzun g’ori hisoblangan 16 kilometrlik Pinaro’zu g’ori, Beyshehir ko’lining g’arbida, 1880 metrlik eng chuqur g’ori esa Chukurpinar tog’ kamarida joylashgan.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mamlakatdagi 50 ta g’orga sayyohlarning tashrif buyurishlari uchun ruhsat berilgan bo’lib, bu g’orlarning 31 tasi oddiy sayyohlar uchun, 12 tasi yo’lboshchisi bor guruhlar uchun, 7 tasi esa professionallar uchun ochiq hisoblanadi. Bu g’orlarga sayyohat qilish esa sarguzashtning o’zginasi.
Quyida Turkiyaning mashhur g’orlaridan ba’zilari haqida ma’lumot beramiz.
Damlatash g’ori, Alaniya
O’rta yer dengizi sohilidagi Alaniya shahrida joylashgan Damlatash g’ori tasodifan kashf qilingan. Ishchilar bu go’zal g’orni Alaniya dengiz portini qurish uchun dinamit yotqizish paytida tasodifan topilgan.
Umumiy maydoni 200 m2 bo’lgan g’orning uzunligi 30 metrni tashkil qiladi. Bugungi kunda g’or muhim tabiiy shifo markazi sifatida ham tanilgan. Damlatash g’orining harorati yil davomida doimiy ravishda 22° S ni tashkil qiladi.
Insuyu g’ori, Burdur
Burdurdagi Insuyu g’orida ko’plab nayzasimon, konussimon va ustunsimon shakldagi qotib qolgan hosilalar, shuningdek, kichik qayiqlarda sayr qilish mumkin bo’lgan to’qqizta tabiiy hovuzni o’z ichiga oladi.
Bu g’ordagi suv bu to’qqizta hovuzdan oqib chiqadigan kichik oqimlar bilan g’orning boshqa qismlariga ham oqib o’tadi. Suv hovuzları g’orda salqin va toza havoning doimiy aylanib turishini ta’minlaydi.
Karain g’ori, Antaliya
Karain g’ori Turkiyadagi eng katta tabiiy g’orlardan biri bo’lib, dengiz sathidan 430 – 450 metr balandlikda joylashgan.
Antaliyada joylashgan Karain g’ori Turkiyadagi eng katta tabiiy g’or deb tan olingan. O’simlik va hayvonot dunyosining turfa turlari uchraydigan g’or, Onado’lidagi eng eski inson suyaklari qoldiqlari topilganligi bilan ham diqqatga sazovor.
Antaliyadan 30 km shimoli-g’arbda eski Antaliya-Burdur avtomagistralidan 5-6 km uzoqlikda joylashgan Yag’ja qishlog’i yaqinida joylashgan g’orning Antaliyadan uzoqligi 27 kilometr. G’orda 1946 yildan beri arheologik qazish ishlari olib borilmoqda.
Qazishmalar natijasida g’ordan 500 ming yil avval aholi yashash joyi sifatida foydalanilgan degan xulosaga kelingan bo’lib, bu Turkiyadagi odamlar yashagan eng katta g’or hisoblanadi.
Karain g’ori Anadolu va Yaqin Sharq tarixi nuqtai nazaridan muhim paleolit markazi hamdir.
Oylat g’ori, Bursa
Bursaning İnego’l shaharchasida tabiiy shakllanishi uch ming yil avval yakunlangan Oylat g’ori, 665 metr uzunlikda bo’lib, Turkiyadagi ikkinchi eng katta g’or hisoblanadi.
40 qavatli binoning balandligiga teng bo’lgan bu tabiat mo»jizasiga uzoq va unutilmas yo’lni bosib o’tgachgina yetib borishingiz mumkin.
Chal g’ori, Trabzon
Trabzondagi Chal g’ori dunyodagi ikkinchi eng uzun g’or sifatida ham ma’lum bo’lib, yzunligi 8 kilometr bo’lgan g’orning taxminan 1 kilometrigacha kirib tomosha qilish mumkin.
Trabzon viloyatining Duzko’y tumanidan 5 km uzoqlikda, dengizdan 1050 metr balandlikdagi Chal qishlog’ida joylashgan Chal g’orining tepasida tarixiy qal’a bo’lib, g’orning ichidan esa kichik bir daryo oqib o’tadi.
G’orning kirish qismi keng bo’lsada, ichining kengligi doimiy ravishda o’zgarib turadi. G’orning ichki qismida esa kichik ko’l va sharshara ham mavjud bo’lib, g’ordagi suv miqdori mavsumdan mavsumga o’zgarib turadi.