«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yoki «Yuventus»ning sobiq hujumchisi Paolo Dibala faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Il Messagero.
Manbaga ko’ra, Rim jamoasi xo’jayini Den Fridkin bosh murabbiy Joze Mourinoga Konferensiya ligasida g’alaba qozongani uchun mukofot sifatida yulduz futbolchini klub bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ronaldu va Dibala asosiy variantlar sifatida qaralmoqda.
Ronaldu o’tgan mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 38 ta o’yinda maydonga tushdi. Portugaliyalik futbolchi 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yakunlangan 2021/2022 yilgi mavsumda Dibala “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.