Neymar Samba Gold-2021 mukofotini qo'lga kiritdi (foto)

«PSJ» hujumchisi Neymar Samba Gold-2021 mukofotini qo’lga kiritdi. Mukofot o’z vatanidan tashqarida o’ynagan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga beriladi.

Avvalroq, bu sovrin faqat Yevropada to’p suradigan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga topshirilardi. Bu yildan boshlab format o’zgardi. Endi mamlakatdan tashqari barcha qit’ada o’ynaydigan futbolchilar ushbu sovrinni qo’lga kiritishi mumkin.

29 yoshli Neymar o’zining Instagram sahifasida kubokni qo’lida ushlab turgan suratini joylashtirdi.

View this post on Instagram

A post shared by NJ 🇧🇷 (@neymarjr)