Hindistonda shaxmat bo’yicha «Tata Steel Chess India 2022» turniri boshlandi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Bugun musobaqa doirasida dastlabki uchta tur o’tkazildi.
Dastlabki turda Nodirbek hindistonlik Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Ikkinchi turda esa boshqa bir mezbon Sarin Nihal bilan durang qayd etildi. Uchinchi turda esa amerikalik Xikaru Nakamuradan ustun keldi.
Shu tariqa Nodirbek 3 ta turdan so’ng 1,5 ochko to’plagan holda 5-o’rinni egallab turibdi.
1-o’rindan 3 ta urinishda 3 ochko jamg’argan ozarbayjonlik Shahriyar Mamedyarov joy olgan.
Ertaga musobaqa doirasida navbatdagi uchta tur o’tkaziladi.
Izohlarni ko`rish