-Tarvuz tanlayotganda o’rtacha kattalikdagisiga e’tibor bering, uning og’irligi 5-7 kg dan oshmasligi lozim.
– Shakli yassiroq tarvuzlar eng shirini hisoblanadi, ularning danagi ham kamroq bo’ladi.
– Tarvuzning dumi qurigan va sariq bo’lishi kerak bu uning pishganligining belgisidir.
– Tarvuzning yashil dumi uning yetilmaganligini bildiradi.
– Tarvuzning yetilganligini uni urib ko’rib ham bilish mumkin: uning ovozi bo’g’iqroq bo’lishi kerak va siqib ko’rilganda tarsillashi kerak.
– Yaxshi tarvuzning po’stlog’i biroz yaltirab turadi va bir tarafi ozgina sarg’aygan bo’ladi, chunki tarvuz pishayotgan vaqtida aynan shu tarafi bilan yerda yotgan.
SoglomHayot
Izohlarni ko`rish