Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida tashkil etilgan «Fischer Random World Chempionship-2022» turniri yakuniga yetdi.
3-o’rin uchun bahsda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov klassik shaxmatning amaldagi chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. G’olib to’rt partiyadan iborat bahsda aniqlanishi kerak edi.
Birinchi bahsda Nodirbek o’yin tugashiga 5 soniya qolgan vaziyatda kutilmagan yurish qilib, Karlsenni taslim etdi.
Biroq qolgan 3 partiyada Nodirbek imkoniyatni boy berdi va turnirni 4-o’rinda yakunladi. Mazkur o’rin uchun Abdusattorov 40 ming AQSh dollarini qo’lga kiritdi.
Chempionlik uchun kurash AQShlik Hikaru Nakamura hamda rossiyalik Yan Nepomnyashiy o’rtasida kechdi. Asosiy to’rt partiya 2:2 hisobida durang bilan tugadi. 15 daqiqalik ekstrataymda AQSh vakili Hikaru Nakamura g’alaba qozonib, «Fischer Random World Chempionship-2022» turnirining g’olibi bo’ldi.