Ronaldu APLning so'nggi 9 o'yinida 1 ta gol urdi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2022/23 yilgi Premyer-ligada 9 o’yinda atigi bir marta gol urgan.

Hujumchi “Manchester Yunayted” 14-turda “Vest Xem” bilan o’yinda (1:0) o’zini ko’rsata olmadi. U 90 daqiqani maydonda o’tkazdi va darvozaga olti marta zarba berdi, bittasi aniq.

Angliyaning chempionatining so’nggi mavsumida Ronaldu jamoaning eng yaxshi to’purari bo’lgandi. O’shanda u 30 o’yinda 18 ta gol urgandi.