Neymar vataniga qaytishni orzu qiladi

«PSJ» hujumchisi Neymar bir kun kelib faoliyatini Braziliyada davom ettirishdan umidvor.

 

«10 yildan keyin uyga «Santos»ga qaytish juda yoqimli. Afsuski, durang qayd etildi. Men g’alaba bo’lishini istab, «Santos»ni qo’llab-quvvatlashga kelgandim. Muxlislar mehrini his qilganimdan xursand bo’ldim. Menga eshiklarini ochgan va meni dunyoga namoyish qilgan klub shu. Men bu yerga qaytishni orzu qilaman. Bir kun kelib men buni qilaman», – dedi futbolchi.

 

Neymar – «Santos» tarbiyalanuvchisi. Braziliyalik futbolchi 2013 yilda ushbu klubni tark etgan edi.